AsosiyJINOYAT

Namanganda arxeologik yodgorliklarni buzib, uy qurmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan birgalikda tarixiy yodgorlik...

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan birgalikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirida Namanganda qadimiy yodgorliklarni buzib uy qurmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. 

Shunday tadbirlarning birida Yangi Namangan “Go`zal” mahallasida joylashgan “Bo`zchi mozor” arxeologiya yodgorligining 0,17 ga er maydonida fuqaro A.Q. tomonidan uy-joy qurish maqsadida XVI-XVII asrlarga oid qabrlar buzib yuborilib, qadimiy ob`ektga juda ko`p miqdorda 6,9 mlrd. so`m zarar etkazilgani aniqlandi.

Tekshirishlar natijasiga ko`ra jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar