AsosiyDunyo
1487

Londonda mashg`ulot vaqtida qirollik otlari qochib ketdi (video)

'Londonda mashg`ulot vaqtida qirollik otlari qochib ketdi (video)'ning rasmi

Angliya poytaxti Londonda mashg`ulot paytida qochib ketgan qirollik otlari ko`chalarda vayronagarchilikka sabab bo`ldi. Bu haqda "ihlas Haber Ajansı" xabar berdi.  

Sodir bo`lgan baxtsiz hodisada 4 kishi tan jarohati olgan.

Londonda Qirollik otliq polkiga tegishli 5 ta ot Belgravia hududidagi kundalik mashg`ulotlar vaqtida chavandozlarini tashlab qochib qolgan. Ko`chalarda tez yugurayotgan otlar vahima keltirib chiqardi.  

Xabarlarga ko`ra, otlardan biri Bukingem saroyi ko`chasida mashinaga, boshqa ot esa sayyohlik avtobusiga kelib urilgan. Guvohlarning aytishicha, ot qonga belangan.

London tez yordam xizmati tomonidan berilgan bayonotda, voqeada yaralangan 4 kishining shifoxonaga olib ketilgani bildirildi.  

“Biroz vaqt o`tgach, atrofdagilarning yordami bilan otlar ushlanib, veterinarga olib ketilgan”,– deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar