AsosiySport

Neymar 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi va futboldan chetlatilishi mumkin

Ispaniya sudi «Barselona» klubi hujumchisi Neymar va otasiga nisbatan ayblovni qayta ko`rib chiqadi. Shuningdek, kataloniyaliklar klubi sobiq va hozirgi prezidentlari Sandro Rosel va Xose Bartomeu, hamda «Santos»ning sobiq prezidenti Odilo Rodrigeslarga ham ayblov e`lon qilingan.

DIS investorlik kompaniyasi barcha besh nafar ishtrokchilarni firibgarlikda ayblab, qamoq jazosiga tortishni talab etmoqda.

Marca nashrining xabar qilishicha, DIS kompaniyasi firibgarlik va poraxo`rlik qilgani uchun Roselni 5 yil, Bartomeuni esa 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etishni so`ramoqda. Neymar va uning otasini besh yilga qamoq jazosiga tortishni talab etmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya barcha ayblanuvchilarni 6 yil muddatga futboldan chetlatilishiga umid qilmoqda. Shuningdek, «Barselona» 195 mln evro kompensasiya puli to`lashi kerakligi aytilmoqda.

DIS kompaniyasi Neymarning transfer summasining 40%iga egalik qilgan. «Barselona» klubi «Santos»ga futbolchini sotib olish uchun 83,3 mln evro to`lagan bo`lsada, DISga 17,1 mln evrogina ulush tekkan.

Boshqa yangiliklar