AsosiyMadaniyat

O`zbek multfilmi Qozog`istondagi festivalda birinchi o`rinni egalladi

'O`zbek multfilmi Qozog`istondagi festivalda birinchi o`rinni egalladi'ning rasmi

Qozog`istonning Olmaota shahrida o`tkazilgan birinchi xalqaro "Farabi Film Festival"da yosh o`zbek multiplikatori Jamshid Atambaevning «Sog`inch» multfilmi "Eng yaxshi animasion film" yo`nalishida birinchi o`rinni egalladi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.

Jamshid Atambaev hozirda O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat instituti talabasi bo`lib, kinooperator va rejissyor Iqbol Meliqo`ziev ijodiy ustaxonasi tinglovchisi hamdir.

Ushbu animasion filmda bir yigitning o`zi va onasi orzu-maqsadlarini amalga oshirish yo`li haqida so`z boradi. Filmning asosiy g`oyasi onalarni qadrlashga qaratilgan.

 

    Boshqa yangiliklar