AQShning yangi prezidenti Donald Trampga tegishli onlayn-do`konlarda archa bezaklari 150 dollardan sotilmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Bu o`yinchoqlar qizil kepka shaklida ishlangan bo`lib, kepkaga siyosatchining “Amerikani yanada buyuk mamlakatga aylantiramiz!” degan shiori yozilgan va 14 karatli oltin bilan bezatilgan.
Archa bezaklari milliarder tarafdorlarining elektron xatlarida e`lon qilingan. Ular bunday archa bezagi har qanday archani yashnatib yuborishiga ishonch bildirishgan.