AsosiyJinoyat

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

'Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi'ning rasmi

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan uch kishilik tushlik olib kelishini so`ragan. «50 kundan beri quyoshda turgani»ni aytib, ezilib ketganini ta`kidlagan. Bo`lib o`tgan «savdo»dan keyin haydovchi Nexia-3 mashinasida o`tirgan odamga 70 ming so`m berib ketgan. Hozirda holat bo`yicha xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ichki ishlar nazorati o`tkazildi. Ushbu holatda ishtirok etgan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Ularning rahbarlariga nisbatan intizomiy ta`sir choralari ko`llanildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar