AsosiyDunyo

Kirov shahrida 21 yoshli migrant odam savdosida gumonlanib ushlandi

'Kirov shahrida 21 yoshli migrant odam savdosida gumonlanib ushlandi'ning rasmi

Rossiyaning Kirov shahri polisiyasi O`zbekistonda odam savdosida gumonlanayotgan 21 yoshli migrantni qo`lga oldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib “Lenta” xabar berdi. 

Huquq-tartibot idoralari vakillariga ko`ra, erkak davlatlararo qidiruvda bo`lgan. Rossiya hududida u O`zbekiston tergov organlaridan yashirinib yurgan. U qizni sotgani uchun qidiruvda bo`lganini polisiyaga tan olgan. 

Qayd qilinishicha, Buxoroda unga nisbatan O`zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi («Odam savdosi») bilan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.  

“Qul savdogarining O`zbekistonga ekstradisiya qilish masalasi ko`rib chiqilmoqda”,­–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar