London shahri polisiyasi amerikalik qo`shiqchi Madonna va britaniyalik kinorejissyor va ssenarist Gay Richining o`g`li Rokko Jon Richini hibsga oldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”. Uning yonidan marixuana topilgan.
16 yoshli Rokko bilan bog`liq bu hodisa 28 sentyabrda yuz bergan edi. Biroq bu haqda endi ma`lumot berilmoqda. Taniqli xonandaning o`g`li ayni damda polisiya uchastkasidan ozod qilingan. Rokko Kamden tumani yoshlar o`rtasida jinoyatchilik bilan kurashish bo`yicha bo`lim nazoratida bo`ladi.
Rokko Londondagi uyi yaqinidagi Primrouz Xill tumanida hibsga olingan. Uning narkotik moddalar qabul qilayotganini ko`rgan qo`shnilar polisiya chaqirgan.
Chaqiruv bo`yicha etib kelgan polisiyachilar Rokkoning kiyimidan marixuana qoldiqlarini topishdi. Uning cho`ntaklaridan esa ma`lum miqdordagi narkotik moddalar topilgan.





