AsosiyJamiyat

Xotinini kaltaklagan qozog`istonlik diplomatga jinoiy ish ochildi

'Xotinini kaltaklagan qozog`istonlik diplomatga jinoiy ish ochildi'ning rasmi

Qozog`istonlik diplomat Saken Mamashga nisbatan "qiynoq" moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu haqda “Inform Buro” ichki ishlar vaziri o`rinbosari Igor Lepexaning so`zlariga tayanib xabar berdi.

“Biz qiynoq fakti bo`yicha jinoiy ish ochdik. Hozircha uning (Saken Mamash) qaerdaligini ayta olmayman. Materiallar ekspertiza uchun yuborilgan, natijalari bo`yicha prosessual qaror qabul qilinadi. So`roq o`tkazilishi kerak”, deydi Igor Lepexa.

Vise-vazirning so`zlariga ko`ra, diplomatga nisbatan ehtiyot chorasi ekspertiza tugagandan so`ng ruxsat berilishi mumkin.

Qozog`iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasiga binoan Saken Mamash 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, Qozog`istonlik diplomatning rafiqasi eri tomonidan muntazam zo`ravonlikka uchrayotganini ma`lum qilganini Saken Mamash o`z xotinini muntazam kaltaklab kelgani va 5 may kuni xotinining singlisiga nisbatan ham kuch ishlatganligi haqida xabar berilgandi.

Boshqa yangiliklar