AsosiySiyosat

Regina Mariya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg`armasining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida ish boshladi

'Regina Mariya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg`armasining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida ish boshladi'ning rasmi

Regina Mariya Kastijio xonim Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg`armasi (YuNICEF) ning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida o`z vazifalarini bajarishga kirishdi

Ushbu lavozimga tayinlanishdan avval Kastijio xonim YuNICEFning Xorvatiya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari va YuNICEFning Paragvaydagi vakolatxonasi rahbari lavozimlarida ishlagan.

2016 yilda YuNICEF da mehnat faoliyatini boshlashdan oldin Kastijio xonim Boliviya, Ekvador va Perudagi YuNAIDS direktori, Shveysariyada YuNAIDS xususiy sektor bilan hamkorlk bo`limi rahbari va BMT Bosh kotibi Kofi Annan Ijroiya apparatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo`yicha mas`ul xodimi bo`lgan.

Kastijio xonim AQShning Vashington shtatidagi G`arbiy Vashington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar bo`yicha tahsil olgan, AQShning Indiana shtatidagi Notr-Dam universitetida davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar bo`yicha magistrlik darajasini olgan.

Regina Mariya Kastijio xonim ispan, ingliz va fransuz tillarida ravon so`zlashadi. Oilali, ikki farzandi bor.

    Boshqa yangiliklar