Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilayotgan ana shunday tadbirlardan birida 1988 y.t., Samarqand shahrida yashovchi, "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining "So`g`diyona" bank xizmatlari markazida moliyaviy konsultant lavozimida ishlab kelayotgan M.J. bank mijozi bo`lgan mahalliy fuqaroga 700 mln. so`m miqdorida ipoteka krediti rasmiylashtirib berishda yordam berishini aytib, evaziga 20 mln. so`m va 100 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag`ini talab qilib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xabar qildi.
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan faol tadbirda M.J. mahalliy fuqarodan avvaldan kelishilgan 20 mln. so`m va 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, prosessual tarzda rasmiylashtirildi.
Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






