AsosiyDunyo
1434

Shavkat Mirziyoev Eron prezidenti halok bo`lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

'Shavkat Mirziyoev Eron prezidenti halok bo`lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi'ning rasmi

Davlat rahbari Eron xalqiga, marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi. 

Maktubda, jumladan, O`zbekiston va Eron o`rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, o`zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo`shgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlarimiz qalblarida doimiy saqlanib qolishi ta`kidlanadi.  

Davlatimiz rahbari do`st Eron xalqiga, marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar