AsosiyJinoyat
1643

Toshkent viloyati chegara postida to`pponcha va harbiy anjomlarni mamlakatga olib kirmoqchi bo`lgan erkak ushlandi

'Toshkent viloyati chegara postida to`pponcha va harbiy anjomlarni mamlakatga olib kirmoqchi bo`lgan erkak ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati chegara postida avtotransport vositasining bagaj qismida har xil to`rdagi harbiy anjomlar hamda 3 dona sellofan paketda quritilgan giyohlarni mamlakatga olib kirmoqchi bo`lgan erkak ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekistonga o`tish uchun "G`ishtko`prik" chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtotransport vositasi bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan  o`tkazilganda, avtotransport vositasining bagaj qismidan yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 1 dona "Makarov" nomli pnevmatik to`pponcha va 10 dona har xil to`rdagi harbiy anjomlar hamda 3 dona sellofan paketda quritilgan giyohlar borligi aniqlangan. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar