AsosiyJinoyat
1668

Buxoroda to`y korteji ishtirokchilariga chora ko`rildi

'Buxoroda to`y korteji ishtirokchilariga chora ko`rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 11 may kuni G`ijduvon tumanida to`y kortejini tashkil qilgan bir guruh yoshlar avtomobil yo`lini to`sib qo`ygani tasvirlangan video tarqalgandi. Holat yuzasidan Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati ma`lumot berdi.

Buxoro viloyati IIB G`ijduvon tumanida avtomobil yo`lini to`sib qo`yib, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit bergan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan Viloyat IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan holat bo`yicha o`rganish ishlari olib borilgan va qoidabuzar haydovchilarga chora ko`rilgan.

Qayd etilishicha, Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu to`y kortejida ishtirok etgan barcha transport vositalari topilgan va ular jarima maydoniga joylashtirilgan. Haydovchilarga nisbatan ma`muriy ta`sir choralari ko`rilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar