AsosiyDunyo

Evropa Ittifoqining 3 davlati Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi

Norvegiya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yona...

Norvegiya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yonas Gar Stere ma`lum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Irlandiya bosh vaziri Saymon Xarris va  Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches ham Falastin davlatini tan olish bo`yicha qarorni e`lon qildi. Norvegiya va Ispaniyaning qarori 28 maydan kuchga kiradi.

"O`n minglab odamlar halok bo`lgan va yaralangan urushning avj olgan vaqtida biz isroilliklar va falastinliklar uchun siyosiy echim taklif qiladigan yagona muqobilni saqlab qolishimiz lozim: tinchlik va xavfsizlikda, yonma-yon yashovchi ikki davlat", — dedi Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Stere.

Bu qarorlardan so`ng Evropa Ittifoqining Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olgan mamlakatlari soni 13 taga etdi.

Ma`lum qilinishicha, Isroil Falastin mustaqilligini tan olish rejalari tufayli Norvegiya va Irlandiyadagi elchilarini chaqirib olishga qaror qilgan.

Ma`lumot uchun, G7 (Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh) davlatlaridan hech biri Falastinni tan olmaydi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 193 a`zosidan 140 dan ortig`i tan oladi.

Nashrning yozishicha, tegishli bayonot bugun mahalliy vaqt bilan soat 8:00da e`lon qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, bugun Norvegiya hukumati tomonidan ham xuddi shunday qaror qabul qilinishi mumkinligi xabar qilinmoqda. 

"Dublin Falastin davlatini tan olish qarorini e`lon qilishni Evropaning boshqa davlatlari muvofiqlashtirgan. Irlandiya Ispaniya, Sloveniya, Belgiya, Norvegiya va Malta hukumatlari bilan Falastin davlatchiligini tan olish masalasini muhokama qilgan", — deyiladi xabarda. 

Falastin mustaqilligini BMTga a`zo 130 dan ortiq davlatlar, jumladan, Rossiya, Xitoy va Lotin Amerikasi davlatlari tan olgan. AQSh va Evropa Ittifoqining aksariyat davlatlari buni tan olmagan.

    Boshqa yangiliklar