AsosiyJamiyat

Hafta so`nggida yomg`irli ob-havo bo`lishi kutilmoqda

'Hafta so`nggida yomg`irli ob-havo bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

"O`zgidromet" O`zbekistonda 24 may kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 24-26 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 29-34 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 14-19 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar