Qizini Germaniya kansleri Angela Merkel sharafiga nomlagan suriyalik oilaga mamlakat hukumati boshpana bermaydigan bo`ldi, deb yozadi "Lenta.ru".
Mamon Al-Xamza (Mamon Al-Hamza), uning rafiqasi Tema va qizi Angela Merkel Suriyadan kelib, mamlakat hududidan rasmiy ravishda boshpana berilishini kutib, Menxengladbax shahrida yashayotgan edi. Biroq, yaqin muddat ichida suriyalik oila Germaniya va Evropa Ittifoqini tark etishga majbur.
Ma`lumotlarga ko`ra, suriyalik oilaning Germaniya hududida yashash muddati tugaganidan so`ng ular Turkiyaga jo`natiladi. Bu mamlakat oilaga xavfsizlikni ta`minlab berishi kutilmoqda.
Al-Xamzaning oilasi Evropa Ittifoqiga 2015 yilda kelgan edi. Ularning qizi Germaniyaning Duysburg shahrida tug`ilgan. Suriyalik fuqarolar yangi tug`ilgan chaqaloqni mamlakat kansleri Angela Merkel tomonidan yuritilayotgan muhojirlarga oid siyosatga hurmat ramzi sifatida uning sharafiga nomlagan edi.
Syrian migrants who named baby Angela Merkel have German asylum application REJECTED https://t.co/WnKgPAfZhi pic.twitter.com/JdOIVneTom
— Daily Mail Online (@MailOnline) 24 noyabrya 2016 g.