AsosiyJinoyat
2416

Toshketda shubhali harakatlar qilayotgan erkak qamaldi (video)

'Toshketda shubhali harakatlar qilayotgan erkak qamaldi (video)'ning rasmi

2020 yili o`g`rilik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan fuqaro joriy yilning 21 may kuni noma`lum shaxs Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanidagi ko`p qavatli uylarning birida xonadon eshiklarini birma-bir tortib, tashqaridan turib xonadon ichkarisini eshitayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmati Darakchi.uz' ga xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 2 may kuni A.B. ismli shaxs tungi soat 02:30 atrofida Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanidagi ko`p qavatli 142-uyning xonadonlariga ko`z tirqishlari orqali qarab, ushbu xonadonlarni eshitib turish orqali kuzatib yurganligi natijasida xonadonda yashovchilarni qo`rqitib, ularning tinchligini buzgan. 

Mazkur holat bo`yicha u IIB binosiga taklif qilinganida, idoraga kelishdan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 23 may kuni MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan ayblanayotgan A.B.ga nisbatan Mirzo Ulug`bek tuman sudida sud hukmi o`qildi.

Unga ko`ra, sudlanuvchi MJtKning 183-moddasiga asosan 5 sutka qamaldi. MJtKning 194-moddasiga asosan esa BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar