AsosiyJinoyat
2362

Farg`onada 18 yoshli fuqaro o`zidan 6 yosh katta erkakni pichoqlagan videosi tarqaldi

'Farg`onada 18 yoshli fuqaro o`zidan 6 yosh katta erkakni pichoqlagan videosi tarqaldi'ning rasmi

Yo`lda chekkasida turgan odam pichoqlanganligi aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`ldi. Ushbu holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, 18 yoshli fuqaro o`zidan 6 yosh katta erkakka tanjarohat etkazgani haqida oldinroq xabar bergandik. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holatning videosi tarqaldi.

Joriy yilning 21 may kuni 2006 yilda tug`ilgan Marg`ilon shahrida yashovchi fuqaro S.T. shaharning B.Marg`iloniy ko`chasida Yangi bog`i MFYda yashovchi 2000 yilda tug`ilgan fuqaro A.A.ni o`tkir tig`li jism bilan o`ng orqa va yuz sohasiga urib, hayot uchun xavfli bo`lgan tan jarohati etkazgan. 

Shuningdek, shifokorlar tomonidan o`z vaqtida ko`rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida A.A.ning hayoti saqlanib qolingan.

Fuqaro A.A. hodisa joyidan qochib ketishi natijasida S.T. jinoiy harakatlarini oxiriga etkaza olmasdan, hodisa joyidan noma`lum tomonga yashiringan.

Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi S.T. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar