AsosiyJamiyat

25 may uchun ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'25 may uchun ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

25 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18, kunduzi 26-28 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 19-24 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo  va Samarqand viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Faqat Samarqand viloyatida yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 24-29 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to`zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 24-29 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`oldi va tog`li tumanlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 14-19 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar