1

Pahlavon tug`iladi! Yoxud homilaning vazni ortiq bo`lsa

Salomatlik 25.11.2016, 16:19
Teglar: Salomatlik, Ayol, Chaqaloq
Pahlavon tug`iladi! Yoxud homilaning vazni ortiq bo`lsa

Har bir ona pahlavondek farzand ko`rishni, uning do`mboq yuzu qo`lchalari bilan faxrlanishni orzu qiladi. Ammo tibbiyotning bu borada o`z o`lchamlari bor…

4 kilodan ortiq. Nima uchun?..

Bugungi kunda tug`ilayotgan chaqaloqlar orasida 10-15 foizining vazni 4 kilodan ortiq. Bunday bolalarning tug`ilishiga quyidagi omillar sabab bo`lishi mumkin:

  • noto`g`ri ovqatlanish;
  • irsiyat;
  • endokrin kasalliklari;
  • tug`uruq kechikishi;
  • yo`ldoshning o`ziga xosligi…

Asoratlar

Homilaning vazni me`yordan ortar ekan, asoratlar ham shunga mutanosib ravishda ko`payadi. Bu tug`uruq paytida qator xavflarni yuzaga keltiradi.

  • Qog`onoq suvining erta oqib ketishihomila boshining balandda joylashishi, homila pufakchasining o`ziga xosligi va shunga bog`liq ravishda rivojlanadigan qog`onoq suvining me`yordan ortiqligi kabi sabablar natijasidir. Suvsizlik oqibatida kindik halqasi tushib ketishi mumkin. Bu esa bola hayoti uchun jiddiy xavf tug`diradi.
  • Tug`ruq jarayonidagi turli kutilmagan holatlar — behollik, diskoordinasiya (homilador ayol xatti-harakatlarining jarayonga nomutanosibligi). Bunda to`lg`oq nihoyatda og`riqli, bachadon bo`yni ochilishi esa qiyin kechadi. Homilani tug`ruq yo`lidan harakatlantirish uchun ko`p kuch kerak bo`ladi.
  • Homilaning o`tkir gipoksiyasi. Bunda tug`ruq jarayoni cho`zilib ketishi, tug`ayotgan ayolning qattiq charchashi, infeksiyalar oqibatida bolaga kislorod etishmay qolishi mumkin.
  • Tos suyagining klinik torligi, bu — bolaning katta boshi onaning odatda me`yoriy sanaladigan tos suyagiga sig`masligidir. Bunday tug`uruq jarayoni odatda kesarcha kesish usuli bilan yakun topadi.
  •  Elkachalar distoniyasi. Bunda bola elka kengligi onaning tos suyagiga nisbatan kattaroq bo`ladi. Bu ko`pincha qandli diabet bilan og`rigan onalarda kuzatiladi. Mazkur klinik holat tug`uruq payti o`mrov va elka suyagi sinishiga, umurtqa pog`onasining bo`yin qismi shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Chaqaloq yirik vaznli bo`lsa…

Shifokorlarning ta`kidlashicha, haddan ortiq katta chaqaloqning tashqi muhitga ko`nikish davri ancha murakkab kecharkan. Ko`pincha yirik tug`ilgan chaqaloqlarda turli salbiy o`zgarishlar kuzatiladi: arterial bosim beqaror bo`ladi, modda almashinuvi izdan chiqadi, nevrologik buzilishlar ro`y beradi. Bunday bolalar qandli diabet, semirish va allergiyaga moyil bo`lishadi.

Shuningdek…

1. Akusher-ginekolog har gal ko`rik paytida homilador ayolning bachadon tubi balandligi va qorin aylanasini o`lchaydi. Qorin aylanasining 100 sm.dan kattaligi va bachadon tubi balandligining 42 sm.dan ortiqligi homilaning kattaligiga ishoradir.

2. Agar ayol homiladorlik davrida haftasiga 500 grammdan ko`p vazn orttirsa, homiladorlik davrida 15 kg.dan ko`proq semirsa-yu, unda gestoz alomatlari (shishish, peshobda oqsilning ko`pligi, arterial bosim ortishi) kuzatilmasa, yirik chaqaloq tug`ilishini taxmin qilish mumkin.

3. Ultratovush tekshiruvi bolaning vazni haqida aniq ma`lumotlarni beradi. Yirik homilaning o`lchamlari me`yordagidan ikki hafta katta muddatga to`g`ri keladi.

  • Mutaxassis fikri

Nargiza Magzumova — akusher-ginekolog, tibbiyot fanlari doktori, professor: — Homilaning kattalashib ketishi zamonamizning global miqyosda kuzatilayotgan o`ziga xosligidir. Bizning xalqimizda esa urf-odatlaru milliy o`ziga xosliklar ta`sirida bu yanada avj olmoqda. Ma`lumki, homilaning o`sishi 28-haftadan keyin jadallashadi. Bizning ayollar esa «bolam kattalashayapti, demak, unga ko`proq ozuqa kerak», degan fikrda noto`g`ri ovqatlanishadi. Tug`uruq muddati yaqinlashgan sari «tug`ayotganda quvvat bo`ladi» deb, yanada kuchli taomlar iste`mol qila boshlashadi. Natijada homila kattalashib ketadi. Qolaversa, bunda kamharakatlik ham hal qiluvchi rol o`ynaydi. Agar homila tushishi xavfi bo`lmasa, bo`lajak ona me`yoriy jismoniy harakat qilib turgani ma`qul. Maxsus gimnastika mashqlari bilan shug`ullanish ham maqsadga muvofiq. Ammo bu ko`rsatma faqat sog`lom homiladorlarga tegishli.

Katta homila tug`ilish jarayonida ayol va bola organizmiga shikast etish xavfi bor. Qolaversa, tug`uruqdan keyingi ayol organizmining tiklanish jarayoni ham murakkab kechadi. Bachadonning pastga tushishi, qin devorlarining tushishi, qinning yaxshi qisqarmasligi keyinchalik ayolning jinsiy hayotiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shu bois 3-3,5 kiloli chaqaloqlar tug`ilishini me`yoriy hisoblaymiz.

Homilador ayolning tibbiy savodxonligi masalasi ham muhim. Ayol ona bo`lishga tayyorlanar ekan, o`z tanasining anatomik va fiziologik jihatlari haqida hech bo`lmasa umumiy ma`lumotlarga ega bo`lishi, onalikka aql va mas`uliyat bilan yondashishi kerak. Shuningdek, ular shifokor ko`rsatmasiga bepisand munosabatda bo`lishmasa, sog`lom farzand ko`rib, baxtiyor onalik va sevimli yorlik gashtini surishlariga aminman.

Shahnoza TO`RAXO`JAEVA 

Sharhlar

Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
O`zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ma`lum bo`ldi

01.01.2022, 21:48

2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko`ra, mamlakatimizda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kunida tug`ilgan go`daklarning 732 nafari o`g`il...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1