Shu yil 25-27 may kunlari Rossiya Federasiyasining Ingushetiya mintaqasida "Ixva" xayriya jamiyati tomonidan Qur`oni karimni tajvidli o`qish buyicha II-xalkaro musobaqasi o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz nomidan O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida "Hidoya" o`rta maxsus islom bilim yurti talabasi Abbosxon qori Obidov Saidmurod o`g`li muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko`ra hamyurtimiz Abbosxon qori faxrli 3-o`ringa sazovor bo`ldi.






