AsosiyDunyo
1706

Turkiyada yirik YTH sodir bo`ldi, qurbonlar bor

'Turkiyada yirik YTH sodir bo`ldi, qurbonlar bor'ning rasmi

Turkiya janubi-sharqidagi Mersin shahri yaqinida zanjirli avariya yuz berdi. Yo`lda shaharlararo yo`lovchi avtobusi, yuk mashinasi va engil avtomobillar to`qnashib ketgan. Bu haqda Halk telekanali shahar hokimiyatiga tayanib xabar berdi.

Hodisa oqibatida 11 kishi halok bo`ldi, yana 38 kishi jarohat oldi.

NTV telekanali xabariga ko`ra, Star Diyarbakir tomonidan boshqariladigan yo`lovchi avtobusi qarshi yo`lakka chiqib ketib, ikki engil va yuk mashinasiga borib urilgan. Voqea joyida bir qancha tez tibbiy yordam xizmatlari, polisiya va o`t o`chirish brigadalari ishlamoqda. Hodisa sabablari noma`lum.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar