AsosiyDunyo
925

Erdo`g`an konstitusiyani o`zgartirmoqchi

'Erdo`g`an konstitusiyani o`zgartirmoqchi'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on mamlakat konstitusiyasiga o`zgartirish kiritishni taklif qildi. Bu haqda Sabah xabar berdi.

Qayd etilishicha, Erdo`g`on o`z nutqida bundan 64 yil avval, 27 may kuni yuz bergan davlat to`ntarishini tilga olib, o`sha kunlarda qurbon bo`lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

“Bu mamlakatda davlat to`ntarishlari davri ortda qoldi... Turkiyada hokimiyat va hukumatni shakllantirishning yagona yo`li bor —saylovlar. Boshqa yo`l bilan saylov uchastkalaridan tashqarida hokimiyatga kelishga urinayotganlar o`z maqsadlariga erisha olmaydi”, — dedi Erdo`g`on.

Siyosatchi konstitusiyaga o`zgartirishlar kiritish zarurligi, hozirgisi “siyosiy elita manfaatlarini aks ettirishi”ni ta`kidlab, mamlakatga yangi qonunlar to`plami kerakligini bildirdi.

“Turkiyada suverenitet xalqqa tegishli va biz milliy irodamizni cheklaydigan hokimiyatni tan olmaymiz. Bu pozisiyani barcha sohalarda himoya qilamiz. Yangi konstitusiyaning qabul qilinishi bilan bu yutuqlarni rivojlantirish va mustahkamlashga intilamiz”, — dedi siyosatchi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar