Poytaxtimizdagi “Tashkent International” mehmonxonasida Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlar vazirlik va idoralari matbuot kotiblarining “Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” mavzucida qo`shma o`quv-seminari o`z ishini boshladi.
O`quv-seminarini ochib bergan AOKA direktori A.Xodjaev ishtirokchilarni qutlar ekan, turkiy mamlakatlar bilan har tomonlama, shu jumladan, axborot sohasida aloqalarni rivojlantirish Yangi O`zbekiston tashqi siyosatining muhim jihatlaridan biri ekanligini ta`kidladi.
Tadbirda, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti eksperti Almagul Serikbaeva, Ozarbayjon Audiovizual kengashi raisi Ismat Sattarov, Qozog`iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi Axborot qo`mitasi Jamoatchilik bilan aloqalarni muvofiqlashtirish bo`limi boshlig`i Aksholpan Marat, Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar so`zga chiqib, qo`shma-seminarning ahamiyati haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
O`quv-seminari TDTga a`zo mamlakatlarning Axborot xizmatlari faoliyati taqdimotlari bilan davom etmoqda.
Eslatib o`tamiz, o`quv-seminari doirasidagi tadbirlar 30 mayga qadar davom etadi.






