Bugun, 29 may kuni Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi to`rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poezdlari olib kelindi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK xabar qildi.
Ushbu harakat tarkiblari belgilan yo`riqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan o`tkazilib, so`ngra yo`lovchilarga xizmat qilishi yo`lga qo`yiladi.
Shuningdek, yo`nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, "Er usti halqa yo`li yo`nalishi"da harakatga chiqariladi.






