AsosiyJamiyat

Futzal bo`yicha Jahon chempionati o`yinlariga tushadigan muxlislarga jamoat transporti tekin bo`ladi

'Futzal bo`yicha Jahon chempionati o`yinlariga tushadigan muxlislarga jamoat transporti tekin bo`ladi'ning rasmi

“2024 yilgi futzal bo`yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-195-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga ko`ra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024 yil 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari bo`lib o`tadigan 2024 yilgi futzal bo`yicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko`rish, uni yuqori darajada tashkil etish va o`tkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

2024 yilgi futzal bo`yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bo`yicha tashkiliy qo`mita tarkibi;

2024 yilgi futzal bo`yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi.

Shuningdek, 2024 yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo`ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Jahon chempionatida akkreditasiyadan o`tgan shaxslarni identifikasiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro`yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi.

2024 yil avgust – oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditasiyadan o`tgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati o`yinlariga chiptalari mavjud bo`lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo`l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.

Jahon chempionatida akkreditasiyadan o`tgan shaxslar hamda o`yin kunlari chiptalari mavjud bo`lgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.


 

    Boshqa yangiliklar