AsosiyDunyo
2011

Dunyoda o`lim jazosi ko`payib bormoqda

'Dunyoda o`lim jazosi ko`payib bormoqda'ning rasmi

Dunyoda o`lim jazosi qo`llanishi soni qariyb uchdan bir qismga oshdi. Bu haqda Amnesty International ma`lum qildi, deya xabar bermoqda zamon.uz.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2023 yilda kamida 1153 kishi qatl etilgan, bu 2022 yilga qaraganda 31 foizga ko`p. Bu ko`rsatkich 2015 yildan beri eng yuqorisi bo`lgan.

Qatllarning deyarli to`rtdan uch qismi Eron, 15 foizi Saudiya Arabistoni tomonidan amalga oshirilgan. Somalida va AQShda o`limga hukm qilinganlar soni ortgan.

Ma`lumot uchun, Xitoyda o`limga hukm qilinganlar va qatl etilganlar soni haqidagi ma`lumotlar davlat siri hisoblanadi. Tashkilotning qayd etishicha, bu mamlakatda minglab insonlarga nisbatan o`lim jazosi qo`llangan bo`lishi mumkin. O`lim jazosi keng qo`llaniladigan Shimoliy Koreya va Vetnam ham raqamlarni davlat siri sifatida ochiqlamaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar