AsosiyDunyo
1877

Jinoyat olamida "dikiy" laqabi bilan tanilgan gihvandfurush qo`lga olindi

'Jinoyat olamida "dikiy" laqabi bilan tanilgan gihvandfurush qo`lga olindi'ning rasmi

Qirg`izistonning Aqsi va Ala-Buka viloyatlari orqali O`zbekistonga giyohvand moddalarni olib o`tuvchi yana bir shaxs qo`lga olindi, deb xabar qildi Qirg`iziston Respublikasi IIV.

Mamlakatda maxsus operasiya joriy yilning qish faslidan boshlab o`tkazilib kelinmoqda. To`qto`g`ul tumanida jinoyat olamida "Dikiy" laqabi bilan tanilgan muqaddam sudlangan, uyushgan giyohvandlik guruhi a`zosi 1978 yilda tug`ilgan  J.A. Ichki ishlar vazirligi tomonidan qo`lga olindi. 

Operasiya davomida 16,107 kilogramm gashish moddasi musodara qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Qirg`iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 282-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda. Qo`lga olingan shaxs vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar