AsosiyDunyo
2654

Eronda prezidentlikka nomzodlarni ro`yxatga olish boshlandi

'Eronda prezidentlikka nomzodlarni ro`yxatga olish boshlandi'ning rasmi

Bugun Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari uchun nomzodlarni ro`yxatga olish boshlandi. Bu haqida zamon.uz xabar berdi.

Prezident Ibrohim Raisi aviahalokatda vafot etgani sababli saylovlar muddatidan oldin o`tkaziladi.

Xabarlarga ko`ra, barcha nomzodlar taqdim etilganidan keyin Konstitusiya qo`riqchilari kengashi ularni ko`rib chiqadi va prezidentlik uchun kurashadigan shaxslar ro`yxatini tasdiqlaydi. Yakuniy ro`yxat 11 iyun kuni e`lon qilinadi.

Saylovoldi tashviqoti 27- iyunda tugaydi, ovoz berish 28 iyun kuni bo`lib o`tadi. Agar birinchi bosqichda hech kim g`alaba qozona olmasa, ikkinchi davra roppa-rosa bir haftadan keyin o`tkaziladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar