Xiva shahrida fuqarolarni Norvegiya davlatiga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Xiva shahar bo`limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.E. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, 5 600 AQSh dollari evaziga ularni Norvegiya davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 900 AQSh dollari va 1,2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.