AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda harorat 38 darajagacha ko`tariladi

'Bugun O`zbekistonda harorat 38 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda  qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, janubda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.. Harorat 32-37° bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar