AsosiyJamiyat

Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga qamaldi

'Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga qamaldi'ning rasmi

4 iyun kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahri Yashnobod tuman sudi 42 yoshli bloger Murod Maxsudovni 7,5 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Bu haqda poytaxt sudlari matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, bloger Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismining «a» va «g» bandlari (Og`ir yoki o`ta og`ir jinoyat sodir etishda ayblab, g`arazgo`ylik yoki boshqa past niyatlarda qilingan tuhmat), 165-moddasi 2-qismining «b» bandi (Ko`p miqdorda tovlamachilik) va 167-moddasi 2-qismining «b» va «g» bandlari (Takroran yoki xavfli residivist tomonidan, mansab mavqeini suiiste`mol qilish yo`li bilan sodir etilgan o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bo`yicha aybdor deb topildi.

Shu bilan birga, sud Murod Maxsudovni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1 va 2-qismlari (Ancha miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan firibgarlik) bo`yicha aybsiz deb topdi va reabilitasiya qildi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar