AsosiyJinoyat

Toshkentda 200ga yaqin qoidabuzarlik qilgan haydovchining Teslaʼsi olib qo`yildi

'Toshkentda 200ga yaqin qoidabuzarlik qilgan haydovchining Teslaʼsi olib qo`yildi'ning rasmi

Toshkentda MIB xodimlari jarimaga Tesla’ni xatladi. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo`limi ish yurituvida IIBB YHXBning qarorlariga asosan qarzdor F.Sh.dan 186 ta ijro hujjatlari bo`yicha jami 116 mln so`mdan ortiq miqdordagi ma`muriy jarima undirish to`g`risidagi ijro hujjatlari mavjud. Mazkur ijro hujjatlari Byuroning Shayxontohur tuman bo`limi ish yurituviga 2023 yilning iyun oyidan boshlab kelib tushgan bo`lsa-da, qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilinmagan.

Qarzdorliklar bartaraf qilinmagach, MIB tomonidan 2024 yilning 18 may kuni qarzdorga tegishli Tesla Model 3 mashinasiga qidiruv e`lon qilingan. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qidiruvda bo`lgan Tesla qarzdorning xonadonidan topilgan.

Qarzdor fuqaroga mashinani xatlab, vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilishi bildirilganda qarzdor avval faol qarshilik ko`rsatib, davlat ijrochisining qonuniy talabiga bo`ysunmagan. Biroq keyinchalik, mas`ul xodimlar tomonidan holatning huquqiy oqibati tushuntirilganidan so`ng qarzdor tomonidan Tesla ixtiyoriy ravishda topshirilgan.

Hozirgi kunda mashinani realizasiya qilish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar