O`zbekistonda 1 kunda 10 nafar shaxsga OIV infeksiyasi yuqishi to`g`ri kelyapti.
Qayd qilinishicha, OIV infeksiyasining yuqish yo`llari haqida ommaviy vositalarda ko`plab materiallar e`lon qilinishiga qaramay, ayrim omillar kasallanish xavfini yanada oshirib yuboryapti.
”Bitta mijozim bor. 4 yil bo`lgan shu munosabatda bo`lganiga. Lekin haligacha toshmalar toshyapti. Shunga nima qilsam bo`ladi, OIV belgilari emasmi deb, mana shu kasallikdan chiqib ketolmayapti”, — dedi mutaxassis Rohila Yusupova.
O`zbekistonda 48 mingdan ortiq shaxslar ushbu kasallik sabab ro`yxatga olingan. Eng achinarlishi shundaki, kasallik ko`p holatlarda hamon pala-partish munosabatlar orqali yuqadi. OIV tanada yashirin, kasallik begilarini ko`rsatmasligi va ma`lum muddat qonda aniqlanmasligi mumkin. Inkubasion muttat 2 haftadan 6 oygacha yoki undan ko`proq 1 yilgacha davom etadi. Lekin tibbiy muolajalar, gigienik vositalardan foydalanishda qoidalarga bepisand qarash kabi ba`zi vaziyatlar sabab, aybsiz insonlarga ham virus yuqib qolyapti. O`zining shu dardga chalinganini bila turib, boshqalarga ham yuqtirayotganlar ham uchrab qolmoqda.