AsosiySiyosat

O`zbekiston Prezidentining Turkiyaga tashrifi yakunlandi

'O`zbekiston Prezidentining Turkiyaga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

Anqara shahridagi samarali O`zbekiston-Turkiya sammiti yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning rasmiy tashrifi doirasida qator oliy darajadagi tadbirlar o`tkazildi.

Davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv va Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig`ilishini o`tkazdilar.

Muzokaralar yakunida ikki davlat o`rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to`g`risida qo`shma deklarasiya va 19 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

Prezidentlar ilk bor etakchi korxona va kompaniyalar rahbarlari bilan qo`shma uchrashuv o`tkazdilar.

Davlatimiz rahbarini Turkiyaning oliy davlat mukofoti – "Turkiya Respublikasi nishoni" bilan taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Tashrif tadbirlari yakunlanganidan so`ng, "Esonbug`a" xalqaro aeroportida Prezident Shavkat Mirziyoev va rafiqasini Prezident Rejep Tayyip Erdog`an va rafiqasi kuzatib qo`ydilar.

Davlatimiz rahbari Toshkentga jo`nab ketdi.

    Boshqa yangiliklar