Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirining “Mehnat migrantlariga subsidiya, kompensasiya ajratish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug`i loyihasi e`lon qilindi.
Ushbu nizom prezidentning 2024 yil 4 apreldagi “Mehnat migrasiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston fuqarolariga subsidiya, kompensasiya ajratish tartibini belgilaydi.
“Xorijda ish” mehnat migrasiyasi elektron dasturiy majmuasida ro`yxatdan o`tgan va tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasiga ketayotgan fuqarolarga:
- xorijiy tillar va (yoki) kasb bo`yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog`liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda — BHMning uch baravarigacha (1 million 20 ming so`mgacha) miqdorda;
- xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ishchi vizani rasmiylashtirish bilan bog`liq xarajatlarini qoplash uchun — BHMning besh baravarigacha (1,7 million so`m) miqdorda;
- yo`l chiptasini xarid qilish bilan bog`liq xarajatlarini qoplash uchun — BHMning ikki baravarigacha (680 ming so`mgacha) miqdorda kompensasiya to`lanadi.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta`minlangan oila sifatida e`tirof etilgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasiga ketayotgan fuqarolarning sog`lig`i va hayoti, shuningdek, boshqa tavakkalchiliklarini sug`urtalash bo`yicha sugari fuqarolarning sog`lig`i va hayoti, shuningdek, boshqa tavakkalchiliklarini sug`urtalash bo`yicha sug`urta mukofotini qoplash to`g`risida jamg`armaga buyurtmanoma kiritadi.
Buyurtmanoma quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
- fuqaro “Xorijda ish” mehnat migrasiyasi elektron dasturiy majmuasida “xorijda ishga joylashgan shaxs” maqomida bo`lmasa;
- agentlik yoki lisenziyalangan xususiy bandlik agentliklari orqali tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasiga ketmagan bo`lsa;
- “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta`minlangan oila sifatida e`tirof etilgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgani tasdiqlanmasa;
- sug`urtada taxmin qilinayotgan voqealar tavakkalchiligi to`liq rasmiylashtirilmagan bo`lsa;
- har bir sug`urtalangan fuqaro uchun 12 oylik davr mobaynida bir martadan ortiq murojaat qilingan bo`lsa.
Subsidiya, kompensasiyalar 2024 yil 1 iyundan boshlab Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi hisobidan amalga oshiriladi.
Kompensasiyalar olish bo`yicha ariza quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
- fuqaro “Xorijda ish” mehnat migrasiyasi elektron dasturiy majmuasida “xorijda ishga joylashgan shaxs” maqomida bo`lmasa;
- agentlik yoki lisenziyalangan xususiy bandlik agentliklari orqali tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasiga ketmagan bo`lsa;
- asoslantiruvchi hujjatlar bo`lmasa yoki talabga javob bermasa.
Ariza rad etilgan taqdirda fuqaro ko`rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.






