Meksikaning San-Luis-Potosi shahridagi tungi klubning balkoni olti metr balandlikdan qulab tushishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi, yana o`n besh kishi jarohatlandi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, besh nafar jabrlanuvchi og`ir yaralangan va ular reanimasiyada.
Shahar hukumati klub joylashgan savdo markazi jamoatchilikka yopiq ekanligini aytdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ommaviy tadbir tashkilotchilari uni o`tkazishga ruxsat bermagan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






