O`zbekistonda 10 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo`ladi.
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo`ladi.






