O`zbekiston Ona va bola salomatlik markazining turli bo`g`in rahbarlari 3-7 mayda «Sog`liqni saqlash tizimida menejment»kursini o`tadi. Bu O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat aholisiga ko`rsatiladigan tibbiy xizmatni sezilarli darajada yaxshilash maqsadida zamonaviy menejmentni joriy etish to`g`risidagi topshirig`ini amalga oshirishdagi dastlabki qadam bo`ldi.
5 fevraldagi yig`ilishda Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan ta`kidlanganidek, mamlakatimiz sog`liqnii saqlash tizimida zamonaviy menejmentni joriy etish kerak. Bu, shuningdek, tibbiy muassasalar va OTMlarni xalqaro akkreditasiyadan o`tkazish bo`yicha ishlar olib borish tibbiyot muassasalarining faoliyatini keskin yaxshilashi kerak.
Qo`yilgan vazifalarni amalga oshirish va «Sog`liqni saqlash tizimida menejment»kursining dastlabki 40 soatini o`tkazish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIOvaBSIATM) tomonidan Rossiya Federasiyasining «Oliy iqtisodiyot maktabi» milliy tadqiqot universiteti mutaxassislari jalb etilgan.
Kursning ochilishida sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Basitxanova ta`kidlaganidek, menejment sohasidagi zamonaviy bilimlar mamlakatimiz sog`liqni saqlash tizimi samaradorligini sezilarli darajada oshirish, demak, mamlakat ahliga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatni yangi sifat darajasiga chiqarish imkonini beradi.
Haqiqatdan ham xalqaro tajriba va turli darajadagi tibbiyot muassasalarini boshqarish uslublari haqida bilish zamonaviy O`zbekiston mutaxassislari uchun dolzarb. Bu haqda xususan, kursda qatnashayotgan RIOvaBSIATM filiallari rahbarlari fikr bildirdilar.
Xorazm filiali rahbari Salomat Matyakubovaning fikricha, menejment sohasidagi zamonaviy bilimlar kollektiv bilan samarali munosabat o`rnatish, shuningdek, muhim qarorlarni tez va to`g`ri qabul qilish imkonini beradi. Bu esa tug`ruqqa yordam tizimida juda zarurdir. «Albatta, boshqarish tajriba va ko`nikmalar tufayli shakllanadi, lekin mazkur kurs yuzaga keladigan vaziyatlarga yana boshqa nuqtai nazarlardan qarash imkonini berdi. U qanday qilib zamonaviy bilimlar asosida vazifalar qo`yish va ularning echimini topishni ko`rsatdi», — deb ta`kidladi mutaxassis.
RIOvaBSIATM Andijon filiali direktori Dildora Nasretdinova ham bu borada hamkasblari fkriga qo`shiladi. U trenerlar tomonidan interfaol uslublarning muvaffaqiyatli qo`llanilishini e`tirof etdi. Bu butun kurs davomida mavzularni muhokama qilishga jalb etadi kishini. Mutaxassis fikricha, menejment bo`yicha olingan yangi bilimlarni yanada tarqatish kerak. Va buni u o`z muassasasida amalga oshirmoqchi.
RIOvaBSIATM direktori Natalya Nadrxanova ta`kidlaganidek, kursni o`tkazish bo`yicha «Oliy iqtisodiyot maktabi» milliy tadqiqot universitetini tanlash qaroriga ko`p izlanishlardan keyin kelindi. Sohaning hamma ekspertlari ham aynan «Sog`liqni saqlash tizimida menejment» yo`nalishida etarli bilimga ega emas. OIM MTIning ustunlik tomoni shundaki, u bu erda dars o`tishga Moskvada, Perm, Valdaydan ekspertlarni, shuningdek, bevosita yirik Rossiya tibbiyot tashkilotlari rahbarlarini jalb eta oldi. Bu esa ekspertlar va auditoriya o`rtasida «teng — bitta kasb tilida» muloqot yuzaga kelish imkonini berdi.
Nima uchun sog`liqni saqlashga bugun menejment bilimi bu darajada zarurligi va uning nozik tomonlari haqida «OIM» milliy tadqiqot universitetini (Perm) direktori ElenaShadrina fikri bilan o`rtoqlashdi.
— Zamonaviy menejmentni o`rganish va uni qo`llash — bu rahbar uchun
samarali jarayonni shunday tashkil eta bilish kerakki, bunda odamlar bor mahoratini ishga solib ishlashi kerak, haqiqiy jarayonga jalb etilish kerak, uni tushunishi va o`z tashkiloti qadrini boshqalar bilan o`rtoqlashishi kerak. Aynan mana shunda haqiqiy natija bo`ladi. Davlat va xususiy kompaniyalar bino uchun, uskunalar uchun, tibbiy buyumlar va boshqa narsalar uchun katta mablag` sarf etadi. Lekin samarali ishlash va maksimal darajada unumdorlikka erishish uchun bu resurslarni ham boshqarish kerak. Aslini olganda sog`liqni saqlashda menejment mana shunga o`rgatadi, — deb ta`kidladi E. Shadrina.
Uning ta`kidlashicha. har qanday darajadagi tibbiy muassasaning muvaffaqiyati uni to`g`ri boshqara bilishga bog`liq ekan. Mazkur kursma`lumoti bo`yicha tibbiy xodim, lekin boshqaruv vazifasini ham o`tayotgan rahbarlarga o`z muassasasini boshqarish tizimini o`zlashtirib olishi uchun, bu boshqaruvni qisqa va uzoq istiqbolga rejalashtirishni o`rganish uchun yordam berishni maqsad qilgan. Chunki strategik rejalashtirishsiz tashkilotni kelajakda to`g`ri rivojlantirib bo`lmaydi. Shuning uchun bilim va zamonaviy menejmentni qo`llash ayniqsa sog`liqni saqlashda muhim. Sog`liqni saqlash esa, ma`lumki, millatning salomatligi va farovon hayotini, ya`ni uning kelajagini shakllantirilishiga xizmat qiladi.
Shuni qo`shimcha qilamizki, O`zbekistonda, Ona va bola markazi bazasida Sog`liqni saqlash menejmenti markazini tashkil etish rejalashtirilyapti. Markazning asosiy vazifasi mamlakatimiz sog`liqni saqlash tizim uchun tizimli ravishda menejerlar tayyorlashdan, menejment sohasida rahbar xodimlarning malakasini oshirishdan iborat bo`ladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi






