AsosiyDunyo

Qozog`iston chigirtkalarga qarshi kurashish uchun samolyotlar jalb qildi(video)

'Qozog`iston chigirtkalarga qarshi kurashish uchun samolyotlar jalb qildi(video)'ning rasmi

Qozog`istonning Turkiston viloyatida chigirtkalarga qarshi kurashga 70 ta texnika, to`rtta samolyot jalb qilindi. Bu haqda viloyat hokimligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Qozog`istonning Turkiston, Aqto`be va Qo`stanay viloyatlaridagi katta hududga chigirtkalar tarqalgan. Mamlakat bosh vaziri o`rinbosari Serik Jumangarin bu hujumni ”misli ko`rilmagan holat“ deya baholadi. Shuningdek, Buxoro viloyatining ayrim hududlariga ham chigirtka to`dalari yopirilgan. 

Buxoro viloyatida chigirtkalar hujumi yuz berdi. Romitan tumanidan o`tuvchi A-380 Buxoro—Xorazm avtomobil yo`lining Gazli shaharchasiga yaqin qismida chigirtkalar hujum qilgani aks etgan videolar tarqaldi.


Videolarda taxminan 5-8 sm kattalikdagi chigirtkalarning avtomobil yo`lida to`da-to`da bo`lib uchayotgani, hududda joylashgan binolar devorlarini to`liq qoplab olganligini ko`rish mumkin.

O`simliklar karantini va himoyasi agentligining izoh berishicha, Gazli massivida kimyoviy kurash tadbirlari olib borilib, hozirda zararli hasharotning tarqalish xavfi bartaraf etilgan.

Qozog`iston hukumatining ma`lum qilishicha, Turkiston viloyatida jami 310 ming gektar maydonda chigirtkalar tarqalganligi aniqlangan. Aqto`be viloyatning 12 tumanida 281 ming gektar erga ishlov berilgan. Qo`stanay viloyatining 5 tumanida 29,4 ming gektar maydonda kimyoviy tozalash ishlari olib borilgan.

“Biz hech qachon bu yilgidek katta chigirtkalar to`dasining tarqalishiga duch kelmagandik. Qishloq xo`jaligi vazirligining Davlat nazorat qo`mitasiga barcha prosessual masalalarni zudlik bilan yakunlab, kerakli texnikalarni zarur bo`lgan hududlarga jo`natishni topshiraman. Tig`iz paytlarda haftasiga ikki marta shtab yig`ilishlari o`tkazamiz”, — deya xulosa qilgan Serik Jumangarin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar