AsosiyJamiyat

Elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag`batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi

'Elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag`batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi'ning rasmi

Yurtimizda elektromobillar soni oxirgi uch yilda 10 karra oshib, 35 mingtaga etdi. Bu haqida Prezident raisligida o`tkazilgan yig`ilishda ma`lum qilindi.

Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo`lga qo`yilmoqda.

Shu munosabat bilan elektr tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish zarurligi ko`rsatib o`tildi.

Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag`batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlash uskunasiga hisoblagich o`rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo`llanadi.

Shuningdek, ko`chalar, ko`p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi o`rnatish mumkin bo`ladi. Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi o`rnatiladi.

    Boshqa yangiliklar