AsosiyJamiyat

Hokimlarga 1 tadan tumanni elektr va gaz tejash bo`yicha namuna qilish topshirildi

'Hokimlarga 1 tadan tumanni elektr va gaz tejash bo`yicha namuna qilish topshirildi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, bugun Prezidentraisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi ob`ektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta`minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilish o`tkazildi.

Unda davlat rahbari tarmoq rahbarlari va hokimlarning bu yil elektr va gazni tejash rejasi qoniqarsiz ekanini, ular yanada katta marra olishi shartligini ta`kidladi.

Har bir hokimga 1 tadan tumanni tanlab, elektr va gaz tejash bo`yicha namuna qilish topshirildi. Ushbu tumanlarda bu yil 750 million kilovatt elektr va 550 million kub metr gaz iqtisod qilinishiga erishish muhimligi ta`kidlandi.  

“Tejash – yo`qotishlarni kamaytirish, tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga bo`lishi shart”, - dedi davlatimiz rahbari.

    Boshqa yangiliklar