Prezident raisligida boshlangan videoselektor yig`ilishida energiya samaradorligi, ko`p qavatli uylarni boshqarish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ko`rib chiqilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O`tgan yili elektr va gazni tejash bo`yicha tumanbay dasturlar qabul qilindi. Xonadonlar va ijtimoiy ob`ektlarda o`rnatilgan birgina quyosh kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt tejalmoqda.
Sanoat korxonalari ham “yashil energiya” manbalarini joriy qilmoqda. Masalan, “O`zbekko`mir” tizimida quyosh kollektorlari va issiqlik nasoslari o`rnatilgani hisobiga yiliga 150 ming kilovatt elektr iqtisod qilinmoqda.
Lekin ayrim hududlarda ishlar sust bo`lgani uchun elektr iqtisod qilish rejasi to`liq bajarilmayotgani ko`rsatib o`tildi.






