Prezident raisligida o`tkazilgan yig`ilishda issiqlik elektr stansiyalari barqaror ishlashi, aholi va ijtimoiy soha ehtiyojlari uchun joriy yilda ko`mir qazib chiqarishni yanada ko`paytirish va bu borada 8 million tonnalik ko`rsatkichga intilish zarurligi qayd etildi.
Bundan tashqari, mazut va ko`mir ikki yilga bojdan ozod qilinadi. Ko`mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar beriladi.
Mutasaddilar va hokimlar oldiga yaqin muddatda aholi va ijtimoiy soha uchun 1 million 200 ming tonna, yil yakunigacha yana shuncha ko`mir etkazib berish, 1 oktyabrgacha 600 ming tonna ko`mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo`yildi.
Issiqlik elektr stansiyalari barqaror ishlashi, aholi va ijtimoiy soha ehtiyojlari uchun joriy yilda ko`mir qazib chiqarishni yanada ko`paytirish va bu borada 8 million tonnalik ko`rsatkichga intilish zarurligi qayd etildi.
Hozirda qator mahallalarda gaz bosimi past, yo`qotishlar yuqori ekani qayd etildi. Bu mahallalardagi xonadonlarning gaz ta`minotini uch bosqichli tizimdan ikki bosqichliga o`tkazish rejalashtirilgan.
Oktyabr-dekabr oylarida iste`molchilarga 163 ming tonna suyultirilgan gaz etkazish topshirildi.
Shuningdek, viloyat hokimlariga 300 dan ziyod olis mahalla uchun ko`mir, suyultirilgan gaz va asosiy turdagi oziq-ovqat zaxirasini yaratishga topshiriq berildi.
Kuz-qish mavsumida aholini issiqlik va ichimlik suvi bilan kafolatli ta`minlash uchun qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, suv tarmoqlari va nasoslarni ta`mirlash vazifalari belgilab olindi.
Umuman, kuz-qish mavsumini betalafot o`tkazish maqsadida Energetika vazirligi rahbarlari hududlarga biriktiriladigan bo`ldi.
Ushbu rahbarlar joylarda ishlarni tashkil qilishga hamda har bir nosozlik va avariyalarni zudlik bilan bartaraf etishga mas`ul bo`ladi.
Yig`ilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.






