O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 40-41° gacha bo`ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 36-38° bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo`ladi.






