AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Mening bog`im” loyihasi bo`yicha ovoz berish boshlandi

'O`zbekistonda “Mening bog`im” loyihasi bo`yicha ovoz berish boshlandi'ning rasmi

“Mening bog`im” loyihalari bo`yicha ommaviy ovoz berish jarayonlarida boshlandi

Fuqarolar 2024 yilning 10-20 iyun kunlari “Ochiq byudjet ” axborot portalida “Mening bog`im” loyihalari bo`yicha o`z takliflarini kiritishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 26 martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog`im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to`g`risida"gi nizomga asosan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublika byudjetidan har yili ajratiladigan mablag`larning kamida 50 foizi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “yashil bog`” va “yashil jamoat parklari” loyihalarini moliyalashtirishga yo`naltirilmoqda.

Joriy yilda ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami 52 milliard so`m mablag`lar ajratiladi. 208 ta tuman va shaharlarga teng ulushlarda, 250 mln so`mdan kam bo`lmagan miqdorda taqsimlanadi.

Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi  ishchi guruh va Ekologiya vazirligining hududiy bo`linmalari  tomonidan joriy yil 20 iyundan 23 iyungacha kelib tushgan loyihalar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi va ovoz berishning navbatdagi bosqichiga o`tkaziladi. 

Fuqarolar 2024 yil 23 iyundan 3iyulgacha  “Ochiq byudjet ” portalidagi eng yaxshi loyihalar uchun ovoz berishlari mumkin.

Eng ko`p ovoz to`plagan loyihalar manzilli ro`yxati asosida moliyalashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar