AsosiyJamiyat

Samarqandda Damas ikki nafar piyodani urib ketdi

'Samarqandda Damas ikki nafar piyodani urib ketdi'ning rasmi

Toyloq tumanida piyodalar bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Holat bo`yicha Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Malum qilinishicha, 2024 yil 10 iyun  kuni soat 18:10 lar atrofida Toyloq tumani hududidan o`tuvchi 4K-529A avtomobil yo`lining 2-km.da "Qo`rg`oncha-Qunduzak" yo`nalishida harakatlanib kelayotgan "Damas" rusumli avtomashina yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborib, YTH sodir etgan.

Oqibatda ikki nafar piyoda va transport vositasi ichida bo`lgan bir nafar yo`lovchi olgan tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

YTH oqibatida halok bo`lganlar yo`q.

Holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar