AsosiyJinoyat
4440

La Liga. "Barselona" kutilmagan natija qayd etdi

Ispaniya chempionati 13-turida “Real Sosedad” o`z maydonida “Barselona” futbolchilarini qabul qildi. Mazkur o`yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. 

Ushbu uchrashuvda “Barselona” klubi “Real Sosedad” to`sig`idan o`ta olmadi, natijada kataloniyaliklarning “Real” bilan oradagi farqlari 6 okoga etdi.

Uchrashuvning 53-daqiqasida Karlos Velaning jarima maydoniga kirib bergan zarbasini ter Stegen qaytardi, biroq qaytgan to`pga birinchi etib kelgan Villian Joze hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi.

Oradan ko`p o`tmay jarima to`pini amalga oshirgan Neymar, Messi tomon to`pni etkazdi argentinalik hujumchi vaziyatni ko`kka sovurmadi. Shu tariqa hisob 1:1 ko`rinishini oldi.

"Real Sosedad" – "Barselona" 1:1 

Gollar: 1:0 – 53 Villian Joze, 1:1 – 59 Messi.

"Real Sosedad" – Ruli, Navas, Berchiche, Martines, Martines, Surutusa, Ilyarramendi, Vela, Prieto (Kanales, 72), Oyarsabal (Granero, 85), Villian Joze (Xuanmi, 75).

"Barselona" – ter Stegen, D. Suares, Pike, Alba, Buskets, Maskerano, Rakitich (L. Suares, 46), Serdji Roberto, Andre Gomesh, Neymar, Messi.

Ogohlantirishlar: ter Stegen (22), Maskerano (55), Martines (62), Suares (84), Surutusa (89), Alba (90).

Boshqa yangiliklar