AsosiyJamiyat

Samarqandda xo`roz urishtirish uchun maxsus "arena" tashkil qilgan 45 yoshli erkak ushlandi

'Samarqandda xo`roz urishtirish uchun maxsus "arena" tashkil qilgan 45 yoshli erkak ushlandi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati tomonidan tezkor tadbir uyushtirilgan. Natijada Urgut shahrida yashovchi 45 yoshli fuqaro maxsus «arena» tashkil qilib, xo`rozlarni pul evaziga urishtirib, qimor o`yinini o`tkazayotganligi aniqlangan.

Surishtiruvlar davomida bir necha fuqaro o`zlariga tegishli bo`lgan xo`rozlarni urishtirish maqsadida olib kelganligi ma`lum bo`lgan.

Ta`kidlanishicha, aynan mazkur o`yinni tomosha qilish uchun 200ga yaqin insonlar kelgan.

Tashkilotchining yonidan tomoshaga tashrif buyurgan fuqarolardan yig`ib olingan jami 3 mln 225 ming so`m miqdoridagi pullar rasmiylashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan qimorxona tashkil qilgan shaxslarga nisbatan JKning 278-moddasi 1-qismiga asosan, jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xo`roz urishtirishda qatnashgan va IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan fuqarolarni ma`muriy javobgarlikka tortish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar